AQSHda koronavirusga qarshi vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

17:29 12 Dekabr 2020 Dunyo
1039 0

Fotо: Getty Images

AQSHning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) “Pfizer” kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. 

Bu haqda "New York Times" nashri oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

“Qaror shuni anglatadiki, yaqin kunlarda millionlab odamlar koronavirusga emlana boshlanadi”, deb yozmoqda gazeta.

Avvalroq, AQSHning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) tashqi ekspertlar qoʻmitasi "Pfizer“ va ”BioNTech" kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasidan favqulodda foydalanishni maʼqullagan edi.

AQSH koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda. Pandemiya boshlangandan beri mamlakatda 15,5 million nafardan ortiq odam “Sovid-19” bilan zararlangan. Shundan 292 ming nafardan ortigʻi hayotdan koʻz yumgan.

Oldinroq Buyuk Britaniya Gʻarb davlatlari ichidan birinchi boʻlib oʻz aholisini koronavirusga qarshi emlashga kirishgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер