AQSHda koronavirus qurbonlari soni sentyabrda 200 ming kishiga yetishi mumkin

23:19 11 Iyun 2020 Dunyo
1224 0

Foto: news-term.net

Ekspertlar AQSHda koronavirus sababli vafot etganlar soni sentyabr oyida 200 ming kishiga yetishi mumkinligini aytishmoqda. Ayni paytda bu mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2 076 094 kishiga yetdi. Bir kunda 15 901 kishida virus aniqlangan.

Garvard universitetining Xalqaro sogʻliqni saqlash instituti rahbari Ashish Ja 10-iyun kuni CNN ga bergan intervyusida agar qatʼiy choralar koʻrilmasa, AQSHda virusdan vafot etganlar soni tezlik bilan koʻpayishda davom etishini aytdi.

“Bizda yangi kasallanish unchalik koʻp boʻlmasa va bu holat davom etsa ham, sentyabr oyida virus qurbonlari 200 mingdan oshishini taxmin qilishimizga yetarlicha asoslar bor. Bu raqam faqat sentyabr uchun xolos, ammo pandemiya bu oyda tugamaydi. Men bir necha hafta va oylardan keyin bizning ahvolimiz qanday boʻlishidan xavotirlanmoqdaman” deydi Ja.

Hozirda Qoʻshma Shtatlarda koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holati 115 455 tani tashkil qilmoqda va bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Bu mamlakatda soʻnggi kunlarda bir necha shtatlarda koronavirusga chalinganlar soni koʻpaygan .Masalan,Nyu-Meksika, Yuta va Arizona shtatlarida oʻtgan hafta yakuniga koʻra koronavirusni yuqtirib olganlar 40 foizga oshgan. Mutaxassislar AQSHda karantin cheklovlari juda erta yumshatilayotganini taʼkidlashmoqda.

Tibbiyot sohasi rasmiylari 25-mayda qora tanli Jorj Floydning oʻldirishi tufayli boshlangan namoyishlarda qatnashgan barcha odamlarni koronavirus testini topshirishga undagan. Ekspertlar hech qanday ijtimoiy masofa saqlanmagan ushbu namoyishlar sababli yangi kasallanganlar soni keskin oshishi mumkinligini aytishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер