AQSHda yoʻlovchi poyezd halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Foto: Reuters
AQSHning Missuri shtatida poyezd yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi va relsdan chiqib ketdi. Oqibatda uch kishi halok boʻlgan, oʻnlab odamlar jarohatlangan. Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Los-Anjelesdan Chikagoga ketayotgan poyezdda 243 yoʻlovchi va 12 ekipaj aʼzosi boʻlgan. Toʻqnashuv Mendong shahri yaqinida, chorrahada sodir boʻlgan.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, halokat oqibatida poyezdning ikki yoʻlovchisi va yuk mashinasida boʻlgan bir kishi halok boʻlgan. Yana kamida 50 kishi tan jarohati olgan.
Milliy transport xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tuzilgan maxsus guruh hodisa sabablarini oʻrganmoqda.
Avvalroq Eronning sharqida poyezd halokati oqibatida 17 kishi halok boʻlgan, 50 ga yaqin kishi tan jarohati olgan edi. Fojia yuz bergan vaqtda poyezdda 430 nafar yoʻlovchi bor edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring