AQSHda harbiy vertolyot halokatga uchradi
AQSHning Aydaho shtatida vertolyot qulab tushdi, natijada uch nafar uchuvchi halok boʻldi. Vertolyot Milliy gvardiyaga tegishli boʻlgan. Harbiylarning fikriga koʻra, ekipajning halokatga uchrashiga tabiiy ofat sabab boʻlganligi ehtimoldan yiroq. Chunki ekipajdagi uchuvchilarning barchasi oʻz ishining ustasi boʻlgan.
Taxminlarga koʻra, baxtsiz hodisaga vertolyotning ishdan chiqishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Hodisa togʻli hududda sodir boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring