AQSHda global urush xavfidan ogohlantirdi
Foto: Reuters
Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar yangi global qarama-qarshilikning debochasiga aylanishi mumkin, deb yozmoqda “Bloomberg”. Agentlikka koʻra, baʼzi rasmiylar va investorlar ham shunday fikrda.
XX asrdagi jahon urushlarining kelib chiqish sabablari mavjud edi. Bugungi kunda mojarolar bir necha qitʼalarni qamrab olgan, mahalliylashgan, ammo bir-biriga bogʻlangan boʻlib, AQSH, Rossiya, Eron va arab davlatlari oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun kurashayotgani sababli, oʻtgan asrdagi buyuk davlatlarning raqobatini aks ettirgan holda, dunyodagi muzlatilgan mojarolarning qayta alangalash xavfini oshiradi”, deyiladi agentlik matnida
Hozirgi global vaziyat, ayrim tahlilchilarning fikriga koʻra, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Rossiya atrofidagi ittifoqlar Yevropani qitʼa mojarosiga tortgan Birinchi jahon urushigacha boʻlgan davrning aks-sadosini keltirib chiqarmoqda. Agentlikning taʼkidlashicha, bu nuqtadan qaytish uchun hali koʻp ragʻbatlar mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring