AQSH Ukrainaga fuqarolik infratuzilmasini tiklash uchun uchun 125 million dollar ajratadi
Illyustrativ foto
AQSH Davlat departamenti Ukrainaga fuqarolik infratuzilmasi uchun yana 125 million dollar ajratishini maʼlum qildi.
AQSH hukumati Kiyevga fuqarolik infratuzilmasini, jumladan, hujumlar natijasida shikastlangan elektr tarmoqlarini tiklash uchun yana 125 million dollar yordam berishga qaror qildi. Davlat departamenti veb-saytidagi xabarga koʻra, ushbu mablagʻ yaqinda qabul qilingan 2023-yilda Ukrainaga qoʻshimcha mablagʻ ajratishni nazarda tutuvchi qonundan kelib chiqib ajratiladi.
Mablagʻ Ukrainaga Kiyev va uning atrofida suv va isitish tizimlarini saqlash imkonini beradigan zarur sanoat uskunalarini sotib olish uchun beriladi.
Shu yilning 18-yanvar kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal respublika energetika obyektlarining yarmidan koʻpi zarar koʻrganini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda 160 mingga yaqin infratuzilma obyektlarini tiklash zarurati bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring