AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xabariga koʻra, AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor hamda davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau 26–30-oktyabr kunlari Qozogʻiston va Oʻzbekiston mamlakatlariga tashrif buyuradilar.
Tashrif davomida Serjio Gor va Kristofer Landau hukumat vakillari bilan uchrashib, iqtisodiyot va xavfsizlikka oid keng doiradagi masalalarni muhokama qiladilar.
— Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyodagi hamkor davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash, savdo aloqalarini kengaytirish yoʻlida hamkorlikni davom ettiradi. Biz mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanishiga umid bildiramiz va C5+1 diplomatik platformasi doirasida AQSH hamda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi sheriklikning oʻn yillik yubileyini nishonlaymiz, — deyiladi bayonotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring