AQSH Oʻzbekiston prezidentining islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi

11:50 11 Iyul 2023 Siyosat
814 0

Foto: Arxiv surat

Bayonotda aytilishicha, elchixona “Oʻzbekiston fuqarolarining saylovdagi ishtirokini yuqori baholaydi va saylov uchastkalarida ular Prezident Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlayotganini qayd etadi”.

“Prezident Mirziyoyev oʻzining yangi mandatini qabul qilayotgan bir paytda, AQSH uning islohot va boshqaruv dasturini amalga oshirishda, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro nazorat va muvozanatni taʼminlash, shaxs huquqlarini himoya qilish sohalarida yordam berishga tayyor. Agar bu tamoyillarga amal qilinsa, ular vakillik boshqaruvining asosi hisoblanadi.

Biz prezident Mirziyoyev va Oʻzbekiston hukumati bilan AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy, taʼlim, gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha hamkorlik qilishga intilamiz”, — deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер