AQSH Oliy sudi Trampning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi

12:30 05 Mart 2024 Dunyo
401 0

Foto: Reuters

AQSH Oliy sudi Donald Trampning prezidentlikka nomzod boʻlish huquqiga ega ekanligi haqida qaror chiqardi. Avvalroq, Kolorado sudyalari Trampga Kapitoliyga bostirib kirish ishi boʻyicha qoʻyilgan ayblovlar tufayli uni saylov byulleteniga kiritishni taqiqlagan edi.

AQSH Oliy sudi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kolorado shtatidagi Respublikachilar partiyasining praymeriz saylovlarida saylov byulleteniga kiritilish huquqiga ega boʻldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Oʻtgan yilning dekabr oyida Kolorado sudi Trampni 2021-yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishda ishtirok etgani uchun respublikachilarning praymerizda ishtirok etishini taqiqlagan edi. Bu qaror Trampni AQSH tarixida kamdan-kam hollarda qoʻllanadigan 14-tuzatishga koʻra Oq uyga saylanish huquqiga ega boʻlmagan birinchi daʼvogarga aylantirgandi.

Tramp Kolorado sudi qarori ustidan 4-mart kuni uning foydasiga qaror chiqargan AQSH Oliy sudiga shikoyat qildi. Oliy sud qarori butun mamlakat boʻylab majburiydir. Shunday qilib, boshqa shtatlardagi taqiqlar ham olib tashlanishi kerak.

CNN Oliy sud hukmini yana AQSH prezidentligiga intilayotgan Trampning “katta gʻalabasi” deb atadi.

Siyosatchining oʻzi bu qarorni olqishlagan. “Amerika uchun katta gʻalaba!!!” — deb yozgan.

Donald Tramp shu yilning noyabrida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida respublikachilardan eng ehtimoliy nomzod sifatida koʻrilmoqda. Bugun Trampga qarshi kamida toʻrtta alohida jinoiy ish ochilgan. Gap Gruziyada 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinish, 2021-yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirish, maxfiy hujjatlar bilan noqonuniy muomalada boʻlish va prezidentlik saylovoldi kampaniyasi mablagʻlarini noqonuniy sarflash haqida bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер