AQSH mudofaa vaziri koronavirus bois Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini kechiktirdi
Pentagon rahbari Mark Esper koronavirus tufayli Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Alissa Fara Tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Mudofaa vaziri Esper ehtiyot chorasi sifatida Hindiston, Oʻzbekiston va Pokistonga safarini keyinga qoldirib, AQSHda qolishga va Mudofaa vazirligining koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishga qaror qildi“, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring