AQSH yil oxirigacha Iroqdagi missiyasini yakunlaydi
Foto: Reuters
AQSH 2021-yilning oxirigacha Iroqdagi harbiy missiyasini yakunlaydi va kelishuvlarga muvofiq mamlakatni tark etadi.
Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Iroq mudofaa vaziri Juma Inadning Bahraynda boʻlib oʻtgan uchrashuvi yakunlari boʻyicha yozma bayonotiga tayanib maʼlum qildi.
Unga koʻra, AQSHlik general hukumat taklifiga binoan Iroq xavfsizlik kuchlarini ISHIDga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlash uchun arab mamlakatida qolishini tasdiqlagan.
Unga koʻra, Vashington 2021-yil iyul oyida oʻz majburiyatlarini bajarishda davom etadi. Xususan, Ostin yil oxirigacha Iroqda jangovar missiyalarni bajaruvchi Amerika kuchlari qolmasligiga vaʼda berdi.
Kirbining soʻzlariga koʻra, AQSH harbiy missiyasining keyingi bosqichi Iroq harbiylari bilan maslahatlashish, yordam berish va razvedka maʼlumotlarini almashish boʻladi.
Shu bilan birga, Ostin AQSH Yaqin Sharq mintaqasida muhim harbiy mavjudligini saqlab qolishini va agar zarurat boʻlsa, uni tezda oshirishi mumkinligini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, Amerika tomoni mintaqada yuzaga kelayotgan muammolarga qarshi turishga qodir boʻlgan koʻp tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring