AQSH Harbiy havo kuchlari samolyotlari lazer qurollari bilan jihozlanadi

04:57 09 Oktyabr 2021 Dunyo
1726 0

Foto: USAF

Kelgusi yilda AQSH Harbiy-havo kuchlariga tegishli “C-130J Ghostrider” rusumli jangovar samolyotlardan biri yuqori quvvatli lazer qurolining birinchi prototipi bilan jihozlanadi va harbiy harakatlarda sinab ko‘riladi.

Bu haqda “The Drive” xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, "Lockheyed Martin" kompaniyasi tomonidan allaqachon AQSH armiyasiga lazer qurolni yetkazib bergan.

Qurol samolyotga o‘rnatilishidan oldin boshqaruv tizimi integratsiyalashtirilib, lazerni yerda sinovdan o‘tkaziladi.

AQSH maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi (SOCOM) yangi uskunalarning sinovi 2022 moliyaviy yilda boshlanishini maʼlum qildi. SOCOM, shuningdek, lazerning quvvati 60 kilovattdan oshmasligini qo‘shimcha qildi.

“C-130J Ghostrider” lazer o‘rnatilgan taqdirda ham u to‘liq arsenal bilan jihozlanadi. Jumladan, “AGM-114 Hellfire” yuqori aniqlikdagi raketalar bilan ham.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер