AQSH Falastinning BMTga qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlamaydi

23:13 18 Aprel 2024 Dunyo
792 0

Foto: hosny_salah

AQSH Falastinning BMTga aʼzoligi haqidagi rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlamaydi.

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi oʻrinbosari Vedant Patelning aytishicha, AQSH Falastinni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga doimiy aʼzo sifatida qabul qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlash uchun ovoz berish niyatida emas.

“AQSH BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyaga qarshi ovoz beradi”, deydi Patel.

Falastin hozirda BMTda kuzatuvchi maqomiga ega, Isroil esa 1948-yildan beri tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. Payshanba kuni soat 17.00da (Toshkent vaqti bilan, juma kuni soat 02.00) BMT Xavfsizlik Kengashining Bosh Assambleyaga Falastinni BMTga toʻlaqonli aʼzo sifatida qabul qilishni tavsiya qiluvchi rezolyutsiyasi boʻyicha ovoz berish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер