AQSH Yevropadagi yadro qurollarini faol yangilamoqda
Foto: Los Alamos National Laboratory
Amerika Qoʻshma Shtatlari Yevropaning beshta davlatida joylashgan yadro arsenalini eski yadro kallaklarini yangi avlod yadro kallaklariga almashtirish orqali yangilamoqda. Bu haqda Yadro qurollarini bekor qilish boʻyicha xalqaro kampaniya (ICAN)si OAV rahbari Alister Bernett maʼlum qildi.
«AQSH Yevropadagi yadro qurolini yangi avlodga almashtirish jarayonida, buni AQSH Harbiy-havo kuchlarining ushbu transport turiga ixtisoslashgan samolyotlarini jonli ravishda kuzatib borishdan ham koʻrish mumkin. Ular bu haqda ochiq gapirmaydi, ammo bu arsenalni yangilash davom etmoqda» — dedi Barnett.
Ilgari tashkilot AQSHni Yevropadan yadroviy qurollarini olib chiqishga chaqirgan edi. Chunki yadro almashinuv amaliyoti xatarli va bu eskalatsiya xavfini oshiradi. ICANga koʻra, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Turkiyadagi Amerika havo bazalarida AQSH hech qanday rasmiy bayonotlarsiz 150 ga yaqin yadroviy bombalari joylashtirgan.
Yadro qurollarini bekor qilish boʻyicha xalqaro kampaniya (ICAN) 2007-yilda tashkil etilgan xalqaro jamoat tashkilotidir. Uning maqsadi Yadro qurolini taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlash va amalga oshirishga koʻmaklashishdir. Tashkilot 2017-yilda tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini oldi.
Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma 1970-yildan kuchga kirgan. Unda faqat beshta davlat — SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy yadro quroliga ega ekanligi koʻrsatilgan hamda yangi yadroviy kuchlarning paydo boʻlishini taqiqlagan. Oʻshanda «Yadro beshligi» yadro qurolini boshqa mamlakatlarga bermaslik yoki ularni yaratishda yordam koʻmaklashmaslikka vaʼda bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring