AQSH dengiz piyodalari Yaqin Sharqqa yetib bordi
AQSH markaziy qoʻmondonligi “USS Tripoli amfibiya” deb nomlanuvchi hujum kemasi allaqachon mintaqada ekanini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Yaqin Sharqqa transport va zarba beruvchi qiruvchi samolyotlar, shuningdek, taktik oʻquv yigʻin vositalari ham joylashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, “USS Tripoli amfibiya” hujum kemasida 3 500 nafar dengizchi va dengiz piyoda qoʻshinlari, transport va qiruvchi samolyotlar, shuningdek, taktik vositalardan iborat 31-dengiz ekspeditsion batalyon joylashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring