AQSH biotexnologlari dodo qushini qayta yaratish ustida ish olib boryapti
Bloomberg xabariga ko‘ra, AQSHning biotexnologiya sohasidagi Colossal Biosciences inc. startapi yetti yildan kamroq vaqt ichida yo‘qolib ketgan dodo qushini qayta tiriltirishni maqsad qilgan.
Kompaniya mutaxassislari yaqinda laboratoriya sharoitida dodoga yaqin tur hisoblanadigan kabutarlarning ilk jinsiy hujayralarini yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Loyihani amalga oshirish uchun 120 million dollar jalb qilingan, shu bilan umumiy mablag‘ 555 million dollarga yetdi.
Kompaniya bosh direktori Ben Lemmning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ning bir qismi Texasda qushlarni tadqiq qilish markazini qurishga yo‘naltiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring