“Apple” yangi “iPhone 14”da SIM kartalardan voz kechadi
Foto: rendersbyian.com
Yevropa va Osiyoda eSIM texnologiyasi ommalashib bormoqda. Shu bois “Apple” yangi “iPhone 14”larda SIM karta uyasidan voz kechishi mumkin.
Taxminlarga koʻra, “Apple” yangi “iPhone 14”ning bir nechta modifikatsiyalarini chiqaradi. Xususan, SIM kartalarni qoʻllab-quvvatlaydigan va faqat eSIM bilan ishlaydi. Yaʼni, kompaniya ommaviy bozor uchun SIM kartalarni oʻrnatish mumkin boʻlgan modelni ham saqlab qoladi. Ehtimol, smartfonning tarmoqqa faqat eSIM orqali ulanadigan versiyasi ushbu texnologiya keng tarqalgan mamlakatlar uchun mavjud boʻladi.
eSIM texnologiyasi birinchi marta “iPhone Xs” va “Xr”da paydo boʻlgan. “iPhone 13”da esa bir vaqtning oʻzida ikkita eSIMdan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring