Apple smartfonlar savdosi boʻyicha Samsungʻni ortda qoldirdi

18:35 24 Fevral 2021 Dunyo
1295 0

Apple toʻrt yil ichida birinchi marta smartfon sotish boʻyicha Samsungʻdan oshib ketdi. Bu haqda lenta.ru nashri xabar bermoqda.

Bozor tadqiqotlari agentligi maʼlumotlariga koʻra, Appleʻning 2020-yil toʻrtinchi choragida sotish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 14,9 foizga oʻsdi.

2020-yil davomida Appleʻning smartfon sotish hajmi 3,3 foizga oʻsdi, Samsung sotuvi esa 14,6 foizga kamaydi.

Samsung jahon bozorida kuchli raqobatga duch keldi. Xiaomi, Oppo va Vivo kabi korxonalarning kengayishi tufayli korporatsiya ulushi kamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер