Apple Car elektromobili ham iPhone 13 bilan birga namoyish etiladi
Tayvandagi nufuzli EconomicDailyNews nashrining yozishicha, Apple kompaniyasi elektromobil loyihasini tezlashtirgan. Anonim manbalarga koʻra uni oldin rejalashtirilganidan erta, yaʼni 2021-yilning uchinchi choragidayoq namoyish etishi mumkin.
Manbaga koʻra, Apple Car avtomobili uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Tayvandagi kompaniyalar kelasi yilning ikkinchi choragidanoq ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Shuningdek, kupertinolik korporatsiya allaqachon Kaliforniya yoʻllarida oʻz mashinasining oʻnlab prototiplarini sinab koʻrishni boshlagan. Aytish kerakki, Apple oʻzining haydovchisiz avtomobillarining yoʻllardagi sinov ishlari uchun 2017-yiliyoq Kaliforniya hukumatidan ruxsat olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring