AOKA davlat idoralarining ijtimoiy tarmoqlar va OAV bilan ishlashini reyting tizimida baholaydi
Hukumatning davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
davlat idoralarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan tegishli tanqidiy-tahliliy materiallarga oʻz vaqtida munosabat bildirib borish, shuningdek
media-rejalarni tayyorlash va ularning ijrosi bajarilishi hisobini yuritish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus axborot tahliliy elektron tizimni ishga tushiradi hamda matbuot kotiblariga mazkur tizimdan foydalanishni oʻrgatish maqsadida qisqa muddatli seminarlarni tashkillashtiradi;
davlat idoralarining ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash natijalari boʻyicha muntazam monitoring olib boradi va monitoring yakunlari asosida reyting tizimida baholash ishlarini tashkil etadi;
har olti oyda reyting natijalariga koʻra shakllantirilgan tahliliy maʼlumotlar asosida past koʻrsatkich qayd etgan masʼullar hamda matbuot kotiblarining ochiqlik yoʻnalishidagi faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqiladi, shuningdek ularga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq javobgarlik belgilash boʻyicha tegishli chora koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi;
Shuningdek, davlat idoralari oʻzlari muassis boʻlgan davriy bosma nashrlarni raqamlashtirish, ular uchun xosting maydonchasini tashkil etish, “Telegram” messenjeridagi kanallari va “Facebook”, “Twitter”, “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidagi veb-sahifalarini ishga tushirish, tahririyatning ijodiy xodimlari va texnik mutaxassislarini ushbu jarayonlarga oʻrgatishni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring