Angrenda dengiz sathidan 1 ming 300 metr balandlikda yangi sanatoriy ochildi

08:37 16 Sentyabr 2021 Jamiyat
1165 0

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov va jamoatchilik vakillari ishtirokida Angrenda zamonaviy uslubdagi “Yangiobod” sanatoriysining ochilish marosimi boʻli boʻtdi. «Oltin halqa» gʻoyasi asosida yaratilgan bu maskanda turizm infratuzilmasini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Ushbu oromgohda sport-sogʻlomlashtirish, madaniy dam olish hamda tibbiy muolajalar bilan davolash majmualari qurilgan.

Umumiy qiymati 17,0 mlrd soʻmlik loyiha asosida 2,7 gektar maydonda bunyod etilgan “Yangiobod” sanatoriysi dengiz sathidan 1 ming 300 metr balandlikda joylashgan boʻlib, doimo sof havo, moʻtadil iqlim saqlanib turadi. Sihatgohda bir yoʻla200 nafardan ortiq kishi oʻz salomatligini tiklashi mumkin.

Hududda ekoturizmni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshadigan ushbu maskanda 62 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер