Angren IES hududida yongʻin chiqqani aytildi
2020-yil, 30-yanvar
Ijtimoiy tarmoqda Angren IES hududida yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.
Unga koʻra, IES hududida hech qanday yongʻin chiqmagan va eʼlon qilingan xabar mutlaqo yolgʻon.
«Ushbu xabar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yongʻin sodir boʻlmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan xabar mutlaqo yolgʻon.
Shu oʻrinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni chiqarmasliklarini soʻragan holda, bu kabi yolgʻon xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib oʻtamiz», deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring