Andijonga yangi tez yordam avtomobillari keltirildi
Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyatiga har birining narxi 336,5 mln soʻmlik “Wolsvagen keddy” rusumli 21 dona “Tez yordam” avtomobillari keltirildi.
— Respublikamizda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi xodimi Mufazzalsho Muhammadiyev. — Yangi avtomashinalarning keltirilishi bu boradagi saʼy-harakatlar ifodasidir. Ularda bemorga zamonaviy va jahon talablariga mos birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Hozirda viloyatda 3 mln 322 ming 772 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Ularga namunali tez tibbiy xizmat koʻrsatish uchun 256 ta maxsus avtomashina kerak boʻlgani holda, ayni paytda ularning soni 266 tani tashkil etmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring