Andijonda sodir boʻlgan YTHda “Damas” agʻdarilib ketdi

10:30 02 Avgust 2024 Jamiyat
422 0

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyatida “Damas” va “Matiz” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Viloyat YHXB matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, YTH 2024-yil 1-avgust kuni soat taxminan 20:40 larda Asaka tumani Fayz MFY Sanoatchi koʻchasidan oʻtgan “Asaka-Shaxrixon” avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Unda 1999-yilda tugʻilgan А.А. ismli haydovchi oʻzining “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, 1997-yilda tugʻilgan Ж.С. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib ketgan.

Shundan soʻng “Damas” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida oʻz yoʻnalishida oʻng tomondan harakatlanib kelayotgan “Matiz” avtomashinasiga urilib YTH sodir qilgan.

Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Barcha avtomashinalar texnik shikastlangan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер