Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi
Foto: Telegram
Andijon viloyati Asaka tumanida “Matiz” ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka—Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan piyodalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng uyiga joʻnab ketgan.
Hozirda holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring