Andijonda Kadastr agentligi boʻlimi sobiq boshligʻi qoʻlga olindi
Foto: Andijon viloyat prokuraturasi
Kadastr agentligi Andijon tumani boʻlimi sobiq boshligʻi va uning sherigi 10 ming AQSh dollari bilan qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, huquq-tartibot xodimlari tomonidan Andijon shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Kadastr agentligi Andijon tumani boʻlimi sobiq boshligʻi A.M. hamda sobiq xodimi S.O. fuqaro N.A.ga Andijon tumanidan bogʻdorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Kadastrlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali turar joy sifatida toifasini oʻzgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytgani aniqlangan.
Ular buning evaziga jami 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring