Andijonda 44 ta xonadonga imtiyozli narxda koʻmir ajratishni vaʼda qilgan hokim yordamchisi ushlandi

13:04 25 Noyabr 2023 Jamiyat
274 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi D.I. kuz-qish mavsumida koʻmir yonilgʻisi yetkazib berilishini nazorat qilish va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh aʼzosi sifatida tuman koʻmir omboriga nazorat uchun masʼul etib biriktirilganligidan foydalanib, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna koʻmirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga “U.K.” MFY faoli M.A.dan 600 AQSH dollari pora talab qilib, ushbu pullar hisobidan 7 mln soʻmni koʻmir ombori hududida oʻzining boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер