Andijonda 3 balli zilzila sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Andijon viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 24-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 17:22 da Andijon viloyatining Marhamat tumanida 3 balli yer qimirlashi qayd etilgan.
Zilzila magnitudasi 3 ga teng, silkinish 10 km chuqurlikda yuz bergan. Uning epitsentri Toshkentdan 267 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida 3 ball, 5 km;
- Asaka tumanida 2 ball, 13 km;
- Buloqboshi tumanida 2 ball, 20 km;
- Shahrixon tumanida 2 ball, 22 km;
- Quva tumanida 2 ball, 22 km.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko'ra, talofatlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring