Andijon viloyati hokimligi: Prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborildi
Foto: Arxiv surat
Ijtimoiy tarmoqlarda Sh.Abdurahmonov aks etganligi iddao qilingan video tarqalishi ortidan, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda viloyat hokimining shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obroʻsizlantiruvchi haqoratomuz postlar eʼlon qilingan.
Shu sababli insonning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi maʼlumotlar tarqatganlik holati boʻyicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborildi.
Hozirda qonunga xilof bunday maʼlumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora koʻrish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring