Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Andijon viloyati hokimligining Matbuot xizmati
Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga Abdullayeva Gulnoraxon Maʼrifjonovna tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligining Matbuot xizmati maʼlum qildi.
G. Abdullayeva mehnat faoliyatini 1989-yilda Andijon paxtachilik institutida oʻqituvchilikdan boshlagan. 1990-1992-yillarda Andijon viloyat ijroiya komiteti ijtimoiy, madaniy muassasalar boʻlimining 1-toifali mutaxassisi, 1992-1995-yillarda Andijon viloyat hokimligining 1-toifali mutaxassisi, 1995-2000-yillarda Izboskan tumani hokimligi xususiylashtirish boʻlimi mutaxassisi, bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan.
Tayinlovga qadar G. Abdullayeva Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring