Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari pora bilan ushlandi

14:38 07 Aprel 2026 Jamiyat
289 0

Videodan kadr

Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda korrupsion holatga qoʻl urdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, u oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kiradi. Shundan soʻng Bobur shahri hududidagi davlat zaxirasida boʻlgan 20 sotix yer maydonini vakolatli mansabdor tanishlari orqali auksionga qoʻydirib, soʻngra yutib berish hamda mazkur fuqaro nomiga rasmiylashtirib, kelgusida bu joyda qurilish ishlari amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari soʻralgan pul mablagʻini oʻzining yashash xonadonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер