Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshliqlari tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishiga asosan, Nasimov Ravshanjon Azimovich Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Ravshanjon Nasimov bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishiga asosan, Botiraliyev Anvarjon Yuldashaliyevich Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
A.Botiraliyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring