Amudaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sabir Xojametov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suvlar xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Joʻqorgʻi Kengesda masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, Amudaryo tumanining avvalgi hokimi Sultonboy Yuldashev investitsiya muhiti qoniqarsizligi tufayli lavozimidan ozod qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring