“Amirsoy” dam olish maskanida katta hajmda qor koʻchishi kuzatildi

16:11 20 Yanvar 2022 Jamiyat
579 0

Kecha, 19-yanvar kuni “Amirsoy” dam olish maskanidagi kanatlar oldida qor koʻchishi kuzatildi.

Bu haqda Chimyon qor koʻchki stansiyasi kuzatuvchisi xabar bergan.

Qayd etilishicha, katta miqdordagi qor koʻchkisidan hech kim jabrlanmagan. Kuchli qor boʻron kuzatilishi toʻgʻrisidagi ogohlantiruv xati asosida maskanga aholi vaqtincha qabul qilinmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmati tomonidan qor koʻchki atrofi zudlik bilan ogohlantiruvchi toʻsiqlar bilan oʻrab olingan.

Mutaxassislar fikriga koʻra, 16-yanvar kuni ham “Amirsoy”ga yaqin hududlarda ikkita katta hajmda qor koʻchkisi kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер