“Amirsoy” dam olish maskanida bir fuqaro toʻsatdan vafot etdi
Arxiv surat
16-fevral kuni “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortida 34 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati “Daryo”ga maʼlum qilgan.
Taʼkidlanishicha, 16-fevral kuni soat 15:05 da Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan I.A. ismli fuqaro Boʻstonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskanida toʻsatdan sogʻligʻi yomonlashib, vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, fuqaroning vafot etishiga yurak xastaligi sabab boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning 21-dekabrida foydalanishga topshirilgan “Amirsoy” kurortida ushbu fojia ikkinchi holat hisoblanadi. Joriy yilning yanvar oyi boshlarida ham bir changʻichi yoʻqolib qolgan edi, qidiruv ishlari natijasida u changʻi trassasidan tashqarida oʻlik holda topilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring