Allergik kasalliklari bor bemorlarga qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?
Bronxial astma, allergik rinit, atopik dermatit… Bu kasalliklardan aziyat chekuvchilar uy changidan saqlanishlari kerak.
Biroq xonadonlardagi qator buyumlar, jumladan, gilam va boshqa toʻshamalar bunday allergenlarning toʻplanishi uchun qulay muhit hisoblanadi.
Xoʻsh, allergik xastaliklari bor bemorlar uchun qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?
— Bugungi kunda gilamlar poliyester va neylon kabi sintetik tolalardan tayyorlanmoqda, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova. — Ular namlikni oʻziga yaxshi singdirmaydi va uzoq vaqt saqlamaydi.
Shu tufayli notabiiy tolali gilamlar ustida mogʻor paydo boʻlmaydi va chang tez quriydi. Allergenlar esa bunday muhitda oʻzini noqulay “his qiladi”.
Shu bois bemorlarimizga bunday gilamlardan voz kechishni tavsiya qilamiz. Chunki tolalar qancha qisqa boʻlsa, undagi allergenlar miqdori shuncha oz boʻladi.
Shuni ham unutmaslik kerak: koʻpincha dezinfeksiyalash uchun turli kimyoviy moddalar, xususan, formaldegid va benzol kabi uchuvchi organik birikmalar bilan gilamlarga ishlov beriladi.
Vaholanki, gilam tarkibida uchuvchi organik birikmalar kam boʻlishi zarur. Chunki formaldegid allergik kontakt dermatitga, shuningdek, koʻzlarning qichishishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, mazkur moddalar havoga koʻtarilib, allergik kasalliklar kuchayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, kanop yoki paxta kabi tabiiy tolalardan tayyorlangan gilamlar ham tavsiya etiladi.
Muhimi, qaysi turdagi mahsulot tanlansa ham, uni doimo allergenlardan toza holda saqlash muhim. Yangi avlod HEPA-filtrli changyutgichlar, gilam uchun maxsus gipoallergen shampunlar bu borada sizga yordam beradi!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring