Alkogol va tamakiga oid qaror qabul qilindi
foto by: Google
“Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021-yil 1-fevraldan markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Qaror bilan yangi aksiz markalari namunalari va tavsiflari tasdiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring