Alisher Yusupov hakamlarning tushunarsiz jarimalari bilan tojikistonlik sportchiga yutqazdi. Endi u bronzaga harakat qiladi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alisher Yusupov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
Mazkur sport turidagi eng ogʻiz vazn toifasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Yusupov hamyurtlarimizning dzyudochilarining soʻnggisi hisoblanadi.
Alisher hakamlarning 3 ta shido berishi ortidan tojikistonlik Temur Rahimovga imkoniyatni boy berdi. Qayd etish kerakki, Yusupov butun bahs davomida faol boʻldi. Endi u bronza medali uchun oʻtish bahslarida qatnashadi.
Shu tariqa, Alisher gruziyalik Guram Tushishvili va fransiyalik Teddi Riner o’rtasidagi bahsda mag’lub bo’lgan dzyudochiga qarshi tatamiga chiqadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring