Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining rahbarligiga saylov oʻtkazildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Usmonovga 120 kishi ovoz berdi. Uning raqibi, Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg esa atigi 26 ta ovoz oldi.
Eslatib oʻtamiz, Usmonov tashkilotni 2008-yildan 2022-yilgacha boshqargan. 2022-yil mart oyida u ixtiyoriy ravishda FIE prezidenti sifatidagi vakolatlarini toʻxtatib turishga qaror qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring