Alisher Qodirov Ukrainadagi holatlarga munosabat bildirdi
Foto: Arxiv surat
Milliy Tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Ukrainada boʻlib oʻtayotgan jarayonlarga munosabat bildirdi:
«Vataniga bostirib kelganga qarshi kurashish, har qanday sharoitda ham toʻgʻri! Birovning vataniga bostirib borish, sababi nima boʻlishidan qatʼiy nazar notoʻgʻri!
Oʻzbek xalqi asrlar davomida orttirgan davlatchilik tajribasi asosida doimo vazmin xulosalar, pragmatik muzokaralar tarafdori boʻlgan va tinchlikni qadrlagan.
Ukrainadagi inqiroz boʻyicha bildirilgan Oʻzbekiston pozitsiyasini toʻgʻri deb hisoblaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Doʻst ukrain va rus xalqlari boshidagi qonli qora bulutlarni tezroq bartaraf boʻlishidan umidvormiz. Jonajon Oʻzbekistonimiz tinch boʻlsin!».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring