Alisher Qodirov bukmekerlikka qonuniy ruxsat berishga oid qonun loyihasini yoqlashiga izoh berdi

10:52 15 Yanvar 2025 Siyosat
325 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar va bukmekerlik faoliyatini huquqiy asosda tashkil etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi. Qonun loyihasini qabul qilishni qoʻllab-quvvatlagan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov bunga nima sabab boʻlganiga izoh berdi.

Qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlagan Qodirovning taʼkidlashicha, ushbu tashabbus virtual oʻyinlardan kelib chiqadigan salbiy taʼsirlarni cheklashga qaratilgan. Unga koʻra, ilgari huquqiy asos yoʻqligi tufayli, bunday oʻyinlarda aldanganlar himoyasiz qolgan. Endi esa yangi tartib-intizom orqali aholining manfaatlari himoya qilinadi.

Partiya rahbari tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar litsenziya asosida amalga oshirilishiga ruxsat berish orqali oʻyin ishtirokchilarini roʻyxatga olish, voyaga yetmaganlar uchun ishtirokiga taqiq qoʻyish, oʻyinlardagi mablagʻ miqdorini cheklash, shuningdek, ota-onalarga farzandlari uchun taqiq qoʻyish huquqini berish kabi normalar sababli yoqlab ovoz bergan. Buning natijasida rasmiy ishtirokchilar uchun masʼuliyat oshirilishi va soxta oʻyinlarni tashkil etuvchilar uchun shart-sharoit qiyinlashishi kutilmoqda.

“Chiroqni oʻchirib kurashishdan koʻra, uni yoqib, muammoni ochiq qilish samaralidir,” — dedi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari. Qodirovning fikricha, bunday illatlarni qoralash yoki taqiqlash bilan cheklash mumkin emas. Unga koʻra, qonun orqali shaffoflikni taʼminlash va sohaga aniq meʼyorlarni joriy qilish orqali jamiyatdagi salbiy holatlarning oldini olish mumkin.

“Daromadni har qanday shaklini toʻgʻri deb biladiganlar tarbiyada boy berilgan insonlar ekani, ularni taqiq toʻxtatmasligi, ular uchun qadr yoki qadriyat boʻlmasligini yana bir bor tushundik. Inson oʻzgarsa, jamiyat oʻzgaradi”, — deb taʼkidladi Qodirov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер