Aliment toʻlashdan qochgan ota 15 sutkaga qamaldi

18:39 12 Sentyabr 2023 Jamiyat
381 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Har bir kishi oʻz farzandini unib-oʻsishi, bilimli va salohiyatli boʻlib, jamiyatda oʻz oʻrnini topib ketishini istaydi. Bu xalqimizga xos eng ulugʻ qadriyat sanaladi. Biroq hayotda shunday odamlar ham uchraydiki, ular otalik masʼuliyatidan qochib, farzand tarbiyasini oʻz zimmasidan soqit qilmoqchi boʻladi. Albatta, bu inson nomiga dogʻ.

— Bunday holatlarda ota-onalarga nisbatan qonunchiligimizda belgilangan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi, — deydi Majburiy ijro byurosi Forish tuman boʻlimi davlat ijrochisi Abduhakim Tajiboyev. — Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor Q. N. dan undiruvchi G. N. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun har oylik ish haqi va daromadining maʼlum miqdorida aliment undirish belgilangan boʻlib, ijro harakatlari davomida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan Q.N. bundan boʻyin tovlab keldi. Natijada sud hukmiga asosan qarzdor ota bu qilmishi uchun 15 sutka panjara ortida oʻtirishga majbur boʻldi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер