“Al-Nasr” Turkmaniston klubini kichik hisobda magʻlub etdi
Kecha, 11-fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi nimchorak final bosqichi oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidagi bahsda Turkmaniston chempioni “Arkadag” jamoasi oʻz maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasini qabul qildi.
Taʼkidlash kerakki, “Arkadag” jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan “Andijon” jamoasi bilan toʻqnash kelgan va har ikki uchrashuvda durang qayd etgan edi.
“Al-Nasr” jamoasi ushbu oʻyin oldidan raqibining holatidan kelib chiqqan holda yetakchi futbolchilari — Sadio Mane, Joau Feliks, Kingsli Koman, Marselo Brozovich, Muhammad Simakan va Krishtianu Ronalduni Ashxobod shahriga olib kelmadi.
Shunga qaramay, uchrashuv 1:0 hisobida riyodliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Hamid Abdulla Al-Hamdan mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, ushbu jamoalar oʻrtasidagi javob bahsi 18-fevral kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring