“Al-Ittihod”dan javobsiz 7 ta gol, Hamrobekov jamoasidan magʻlubiyat

11:03 11 Fevral 2026 Sport
307 0

Kecha, 10-fevral kuni Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasining 7-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov toʻp surayotgan Eronning “Traktor” klubi Qatarning “Al-Sadd” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv Qatar klubining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Rafael Murika va Roberto Firmino mualliflik qildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada Mehdi Shiriga almashtirildi.

Tur doirasidan oʻrin olgan soʻnggi bahsda esa “Al-Ittihod” klubi oʻz maydonida Qatarning “Al-Garafa” jamoasi bilan oʻyin oʻtkazdi. Bahs Saudiya Arabistoni klubining 7:0 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Hussam Auar (3 ta), Rojer Fernandesh (2 ta), Yusuf En-Nesiri va Danilo Pereyra mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер