“Al-Azhar” universitetiga oʻqishga topshirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tavsiyasi talab etiladi
Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” taʼlim majmuasi bilan erishilgan kelishuvga muvofiq 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Al-Azhar” taʼlim majmuasining barcha muassasalariga qabul qilish faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Keyingi oʻrinlarda – Din ishlari boʻyicha qoʻmita deb yuritiladi) tavsiyasi asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.
“Al-Azhar” taʼlim majmuasining barcha muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish boʻyicha murojaatlari joriy yil uchun 2021-yil 25-iyun kunidan – 15-iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1-avgustdan keyingi yil 30-iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi tomonidan qabul qilinadi.
“Al-Azhar” taʼlim majmuasida oʻqish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:
1. Ariza (namuna boʻyicha)
2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;
3. Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoki oliy taʼlim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
4. Fuqaroning shaxsiy maʼlumotnomas va tarjimayi holi (erkin shaklda).
Maʼlumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30-iyul kunlari (keyingi yildan 1-30-iyul kunlari) koʻrib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan oʻtkazilgan suhbat natijasiga koʻra “Al-Azhar” taʼlim majmuasida oʻqishga tavsiya etilgan fuqarolar roʻyxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring