Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

14:37 29 Noyabr 2023 Jamiyat
191 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dangʻara tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qoʻqon shahridagi “B.T.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkoni ishchisi M.A. xaridorga “MILANO” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan jami 31 xil turdagi 6 797 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi  tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Yu. (muqaddam sudlangan) xorijda ishlab chiqarilgan 1 980 quti “Esse Change”, “Oris Change”,“Parlament Slim Super” va “Parlament Aqua Blue” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro M.A.ga 1 000 AQSH dollari va 27,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “E.-N.” MCHJ rahbari E.N. savdo doʻkonida xaridorga 10 dona “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 250 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkondan 26 xil turdagi 1 207 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер