Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

14:27 18 Dekabr 2023 Jamiyat
343 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan IIB va bojxona xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro D.Z. jami 2 150 quti xorijda ishlab chiqarilgan “ESSE CHANGE” va “MILANO” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Qarshi shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер