Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

18:35 04 Yanvar 2024 Jamiyat
951 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan N.Q. xorijda ishlab chiqarilgan “ESSE CHANGE” nomli 3 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro S.X.ga 4 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер