AKFA Universiteti talabalariga bepul planshetlar topshirilmoqda

18:08 25 Avgust 2020 Jamiyat
1303 0

AKFA Universiteti “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da talabalarning taʼlim olishlari, jumladan masofaviy bilim olishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida har bir talabaga bepul planshet taqdim etadi.

AKFA Universiteti oʻz ishini 2019-yildan boshlagan boʻlsa, oʻz faoliyatining ilk yillaridan innovatsiyalarni va xorijning ilgʻor tajribasini tatbiq eta boshladi.

Misol uchun, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, universitet tizimida hamkorimiz Google kompaniyasining Google Classroom loyihasi joriy etilgan. Birinchi kundan boshlab universitet oʻqituvchilari har bir darslarini Google Classroom platformasiga joylab boradilar. Mazkur platforma yordamida talabalar mavzu bilan istagan paytda qaytadan tanishib chiqishlari mumkin.

Bu platformaning yana bir afzalligi talabalar oʻqituvchiga mavzu boʻycha tushunmagan savollarini berishlari mumkin boʻladi. Oʻqituvchilar esa, ularga javob beradi. Bu oʻzaro muloqotni ushbu fanni oʻrganayotgan boshqa talabalar ham koʻrishi mumkin. Bu esa, talabalarimizga mavzularni yaxshiroq oʻzlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Mart oyida dunyoning boshqa mamlakatlarida boʻlganidek bizning yurtimizda ham koronavirus pandemiyasi tufayli eʼlon qilingan cheklovlar ham taʼlim tizimiga oʻz taʼsirini albatta koʻrsatdi.

"Universitetimizda zamonaviy texnologiyalar joriy etilgani tufayli cheklovlar sababli yuzaga kelgan noqulayliklarni biroz yumshatishga harakat qildik.

Mazkur platformani joriy qilish doirasida biz bir muammoga duch keldik. Yaʼni kuzatishlarimizga koʻra hamma talabalarimiz oʻzlarining kompyuterlari, planshetlari yoki boshqa elektron qurilmalariga ega emaslar. Bu esa, ularning zamonaviy tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatlarini chekladi.

Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da AKFA Universiteti talabalarga koʻmak berish maqsadida yangi loyihaga qoʻl urdi. Bugun, 24-avgust kuni, yangi oʻquv yili boshlanishidan avval 152 nafar ikkinchi bosqich talabalariga Samsung planshetlari topshirildi.

Yaqin kunlar ichida bu yil 1-bosqichga qabul qilingan 220 ga yaqin talabalarga ham shunday planshetlarni topshirishni rejalashtirganmiz. Planshetlar AKFA Universiteti taʼsischilari ishtirokida tantanali marosimda taqdim etiladi.

Mazkur loyihamizning asosiy maqsadi AKFA Universitetida talabalariga taʼlim jarayonida qulaylik yaratishdir. Bundan tashqari endilikda talabalar dars jarayonidagi konspektlarini va uy vazifalarini oʻqituvchilarga bizning platformamiz orqali yuborishlari mumkin boʻladi. Bu esa universitetda qogʻozdan foydalanish hajmini yana-da kamaytirishga va tabiatga keltiriladigan zararni qisqartirish imkoniyatini yaratadi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер