Ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda
Foto: Arxiv surat
Prezident tomonidan imzolangan qonun (OʻRQ–867-son, 07.09.2023-y.) bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritildi.
Unga koʻra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.
Mazkur hayvonlarning roʻyxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) tomonidan saqlash tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring